Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlari boʻlib
oʻtdi. Mustaqillikdan beri hali biron marta bu imtihon 1-avgustdan
boshqa kunda oʻtkazilmagan edi. Kun oʻzgartirilishiga sabab qilib,
abiturientlar soni koʻpligi va testlarni qoʻshimcha ishlab chiqish
kerakligi koʻrsatildi.
Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro 1985-yilning 5-fevralida
tugʻilgan, Real Madrid futbol klubi hamda Portugaliya milliy futbol
jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchidir. Futbol tarixidagi
eng qimmat futbolchi – uning Manchester United futbol klubidan Real
Madridga oʻtishi 83 mln funt sterlingga tushgan. Ikki karra Oltin
Butsa sovrindori. Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri
hisoblanadi.
Kelly Brianne Clarkson amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. Clarkson
2002-yilda American Idol teleshousida ishtirok etib mashhurlikka
erishdi. Dastlab, Thankful nomli birinchi albomining chiqishidan soʻng
tanqidchilar Clarksonni pop-qoʻshiqchi deb hisoblashar
edilar. Multiplatinaviy ikkinchi Breakaway albomi chiqqanidan soʻng
Clarkson rock-musiqa tomon moʻljal ola boshladi. Clarkson 40 million
singl va 25 million albom sotib, eng muvaffaqiyatli musiqachilar
qatoridan joy olgan.
Hozirgi AQSh Prezidenti Barack Obama sharafiga lishayniklarning bir
turi nomlangan.
